UzAuto Motors avtomobil shartnomalariga QR-kod joriy qildi

23-oktabr 2025 17:00 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
UzAuto Motors avtomobil shartnomalariga QR-kod joriy qildi
UzAuto Motors avtomobil shartnomalariga QR-kod joriy qildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

«UzAuto Motors» AJ mijozlarga qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatish maqsadida avtomobil xarid shartnomalarini raqamlashtirmoqda. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, endi har bir shartnomaga maxsus QR-kod qo‘yiladi.

Bu tizim qalbaki shartnomalarning oldini olish va iste’molchilarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish uchun joriy etilgan.

Rasmiy diler bergan shartnomadagi QR-kodni skanerlaganda undagi ma’lumotlar shartnomadagi ma’lumotlarga aynan mos bo‘lishi kerak. Faqat shunda u haqiqiy hisoblanadi.

QR-kod orqali xaridor o‘z ism-sharifi, shartnoma raqami, avtomobil narxi, to‘lov tafsilotlari, diler nomi va manzili hamda shartnoma holatini onlayn tekshira oladi.

Avvalroq UzAuto Motors Chevrolet Cobalt va Damas ishlab chiqarishni kamaytirgani xabar qilingandi. 2025-yil yanvar–sentabr oylarida Chevrolet Cobalt va Damas ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan. Kompaniya mazkur davrda faqat Tracker modelining hajmini oshirgan. U 31 ming 197 donadan 34 ming 179 donagacha ko‘paygan. Onix ishlab chiqarish 24 ming 753 donadan 22 ming 598 donagacha, Cobalt esa 117 ming 705 donadan 116 ming 008 donagacha kamaygan. Damas ishlab chiqarish ham 70 ming 030 tadan 67 ming 879 tagacha qisqargan.

Shuningdek