Banklarning sanksiyaga uchrashi, o‘zbek so‘mining mustahkamlanishi, asosiy stavkaning o‘zgarmaganligi — 24-oktabrning eng muhim yangiliklari

Banklarning sanksiyaga uchrashiga Markaziy Bankning izohi, o‘zbek so‘mining mustahkamlanishi va dollarning qadrsizlanishi, asosiy stavkaning o‘zgarmaganligi — Kursiv Uzbekistan 24-oktabrning eng muhim yangiliklarini bir maqolada jamladi.
Markaziy Bank banklarning sanksiyaga uchrashiga juda ham jiddiy qaraydi

Markaziy Bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov O‘zbekiston banklarining sanksiyalarga uchrashi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.
Eksport, pul o‘tkazmalari, oltin narxi — so‘mni nima mustahkamladi
Yanvar-sentabr oylarida so‘mning qadri 6,5 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy Bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov OAV vakillari bilan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Yangilangan Chevrolet Cobalt qanday dvigatelda chiqadi — foto, video
UzAutoMotors Chevrolet Cobalt modelining yangilangan versiyasi haqida ma’lumot berdi. Endilikda avtomobil Euro-5 ekologik standartiga javob beradigan yangi dvigatel bilan ta’minlanadi.
ZEEKR Tashkent Auto Show 2025’da 5 ta elektromobilini taqdim etdi

Premium elektromobillar ishlab chiqaruvchi ZEEKR kompaniyasi Tashkent International Auto Show 2025 ko‘rgazmasida 5 ta yangi modelini namoyish etdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.
Hindistonda o‘zbekistonlik ayol jinsiy qullikdan qutqarildi

Hindistonning Haydarobod shahrida politsiya fohishalik tarmog‘iga qarshi reyd o‘tkazib, uch nafar ayolni, jumladan, O‘zbekiston fuqarosini ozod qildi. Bu haqda Times of India nashri xabar berdi.
Markaziy bank asosiy stavkani yana 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Bugun, 24-oktabr kuni Markaziy bank (MB) asosiy stavkani o‘zgartirmay, 14 foiz darajasida saqlab qolish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.
Binance AQSh bozoriga qaytishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp kriptobirja Binance asoschisi Changpen Chjaoni afv etdi. Bu qaror Binance uchun AQSh bozoriga qaytish yo‘lini ochishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.
Toshkent metrosida yigitlarga tegajog‘lik qilgan bloger qo‘lga olindi
Toshkent metrosida olingan provokatsion videodan so‘ng bloger Arujan Aybekova Olmaotada qo‘lga olindi. Bu haqda Olmaota politsiya departamenti xabar berdi.
Toshkentda bo‘lajak kuyov qizni aldab, uyini sotib yuborgani yuzasidan ma’lumot berildi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda toshkentlik ayolning uy bilan bog‘liq oilaviy mojarosi tarqalgandi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Shavkat Mirziyoyev Bryusselda qanday kutib olindi — foto

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.