
BYD tomonidan rasmiy ravishda yangilangan BYD Song L DM-i 2026 gibrid krossoveri taqdim etildi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.
U yanada tejamkor, xavfsizroq va texnologik jihatdan ilg‘or deya ko‘rilmoqda. Yangi modelning narxi $19 mingdan boshlanadi.
Asosiy xususiyatlar qatoriga 200 km.gacha elektr masofasini oshirish va Yunnian-C tizimini joriy etish kiradi.
Song L DM-i ning tashqi ko‘rinishi o‘zgarishsiz qolmoqda. Biroq unda foydalanuvchilarga ko‘proq tanish bo‘lgan yangi yarim chuqurchaga o‘rnatilgan eshik tutqichlari mavjud (tortib olinadiganlarga nisbatan). Ikkita yangi tashqi rang qo‘shildi.

Ichki qismi BYD Dynasty oilasining yangi uslubida yaratilgan. Asosiy o‘zgarishlar:
- yangi haydash rejimini o‘zgartirish tugmasi (rul ustunida);
- asosiy funktsiyalar uchun jismoniy kalitlarga ega qayta ishlangan panel;
- rivojlangan multimedia;
- CarLink va navigatsiyani qo‘llab-quvvatlash.

Konforga alohida e’tibor qaratilgan. Oldingi o‘rindiqlarda massaj funksiyasi mavjud, qo‘l dayamada esa -6°C dan +50°C gacha haroratni nazorat qiluvchi o‘rnatilgan sovitkich/isitgich mavjud.
BYD Song L DM-i 1,5 litrli dvigatel va 218 ot kuchiga ega elektr motorli gibrid tizim bilan jihozlangan. Beshinchi avlod DM gibrid texnologiyasi yoqilg‘i sarfini 3,4 l/100 km (NEDC)gacha kamaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD yangi elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.