Messi «Inter Mayami» bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi

24-oktabr 2025 10:13 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Lionel Messi «Inter Mayami» bilan 2028-yilgacha yangi shartnoma tuzdi
Foto: Inter Mayami

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi AQShning «Inter Mayami» klubi bilan shartnomasini 2028-yilgi mavsum yakunigacha uzaytirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Messi 2023-yilda «Inter Mayami»ga qo‘shilganidan so‘ng MLS tarixidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylangan edi. Uning yillik daromadi $20 mlndan oshgan. Yangi kelishuv esa unga faoliyatini yakunlagach klubdagi ulushga egalik qilish imkonini beradi.

«Bu loyihaning bir qismi bo‘lib qolayotganimdan xursandman», – deydi Messi.

Messi / Лионель Месси
Foto: France24.com

Eslatib o‘tamiz, sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi uning oxirgi klubi aynan «Inter Mayami» bo‘lishini ta’kidlagan edi. 2023-yildan beri u klub safida 82 o‘yinda 71 ta gol urib, 37 ta golli uzatma bergan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Adidas va Lionel Messi 110 dollarlik yangi dizayndagi krossovkani taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek