Gadjetlar

OnePlus Ace 6 smartfonining texnik jihatlari oshkor bo‘ldi

smartfon
Foto: One Plus

China Telecom tomonidan hali rasman taqdim etilmagan OnePlus Ace 6 smartfoni haqida to‘liq texnik tafsilotlar e’lon qilindi. Bu haqda Gizmochina xabar qildi.

Qurilma 27-oktabr kuni taqdim etilishi kutilmoqda. OnePlus Ace 6 6,83 dyuymli 1,5K (165 Hz yangilanish chastotali) displeyga ega bo‘ladi. Smartfon Snapdragon 8 Elite protsessorida ishlaydi va Android 16 asosidagi ColorOS 16 tizimi bilan ta’minlanadi.

Asosiy kamera 50 va 8 MP sensorlardan iborat, old kamera esa 16 MP rezolyutsiyaga ega. Qurilma 7800 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 120 Vt tezkor zaryadlash tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, korpusi IP69K himoya standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xitoy operatori ma’lumotiga ko‘ra, model beshta xotira konfiguratsiyasida taqdim etiladi: 12/256 GB, 16/256 GB, 12/512 GB, 16/512 GB va 16 GB/1 TB.

Smartfon o‘lchamlari – 163,41 × 77,04 × 8,32 mm, og‘irligi – 213 g. OnePlus Ace 6 uch rangda taqdim etiladi: qora, oq va kumush.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus Ace 6 smartfonining taqdim etilish sanasi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.