O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Unga ko‘ra, 25-oktabrda havo harorati 23–28 daraja, 26-oktabrda 21–26 darajani tashkil etadi. Shimolda esa ushbu kunlari harorat 19–24 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 25–26-oktabr kunlari havo biroz o‘zgaradi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa qor yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr tezlikda esadi. Shanba kuni 25–27 daraja, yakshanba kuni esa 24–26 daraja issiqlik saqlanadi. Kechasi harorat 13–15 daraja atrofida bo‘ladi.
Avvalroq dam olish kunlari qaysi banklarda valyutani ayirboshlash mumkinligi haqida xabar berilgandi.