
Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoniga ko‘ra, bir guruh ichki ishlar xodimlari «Shon-sharaf», «Mardlik», «Do‘stlik» ordenlari, shuningdek, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» va «Shuhrat» medallari bilan taqdirlandi.
| Mukofot turi | F.I.Sh. | Lavozimi va joyi |
|---|---|---|
| II darajali «Shon-sharaf» ordeni | Ashropov Ramazon Axmatxo‘jayevich | O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari |
| «Mardlik» ordeni | Torebekov Baxtiyor Ismandiyarovich | Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
| «Mardlik» ordeni | Xusanov Ilyos Pardayevich | Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani IIB profilaktika inspektori |
| «Do‘stlik» ordeni | Maxmudova Mariya Stepanovna | Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB ekspert-kriminalistika bo‘limi katta eksperti |
| «Do‘stlik» ordeni | Tashxodjayev Ulug‘bek Shuxratovich | IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i |
| «Do‘stlik» ordeni | Xatamov Rustam Abduganiyevich | IIV Akademiyasi boshlig‘i |
| «Jasorat» medali | Abbasov Avliyo Israilxonovich | Namangan viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori |
| «Jasorat» medali | Karimkulova Sayyora Kudratovna | IIV jazoni ijro etish koloniyasi kichik inspektori |
| «Jasorat» medali | Xaitov Abdunayim Xayrullayevich | Navoiy viloyati IIB katta tezkor vakili |
| «Jasorat» medali | Xudaynazarov Sanjar Farxodovich | IIV o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Abbasov Rustam Abdullajanovich | Namangan viloyati IIB boshlig‘ining maslahatchisi |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Isayev Istam Qoryog‘diyevich | IIV Qorovul qo‘shinlari guruh komandiri o‘rinbosari |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Maxmudov Xurshid Xusanovich | Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani IIB probatsiya guruhi inspektori |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Masharipov Atabek Sultanbayevich | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani IIB boshlig‘i |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Mirzajanov Muhammadjon Komiljanovich | Toshkent shahar Chilonzor tumani IIB profilaktika katta inspektori |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Taganov Rasulbek Sobirovich | Xorazm viloyati Urganch shahar IIB patrul-post xizmati komandiri |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Uralov Jaxongir Mamatkulovich | Sirdaryo viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Xolmatov Baxodir Fozilovich | Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar IIB katta tezkor vakili |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Choriyev Shuxrat Amirovich | Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani IIB boshlig‘i |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Shamalov Tuychibay Dexkambayevich | Toshkent viloyati IIBB patrul-post xizmati otryadi inspektori |
| «Sodiq xizmatlari uchun» medali | Egamova Dilfuza Rabbimkulovna | Samarqand viloyati IIB tergov boshqarmasi tergovchisi |
| «Shuhrat» medali | Jumanov To‘lqinboy Sattorovich | IIV departament boshlig‘i o‘rinbosari |
| «Shuhrat» medali | Qulturayev Utkir Quyliyevich | Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB bo‘linma boshlig‘i |
| «Shuhrat» medali | Xasanov Dilshod Uktamjonovich | Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani IIB profilaktika katta inspektori |
| «Shuhrat» medali | Xudoyberdiyev Sherzod Sayfulloyevich | IIV Samarqand aeroporti xavfsizlik bo‘linmasi boshlig‘i |
| «Shuhrat» medali | Eraxmatov Dilshodbek Rejabovich | Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati batalyoni komandiri |
Avvalroq Yangihayot tumanida bolaning hayotini saqlab qolgan talaba Muhriddin Ilashov Oliy ta’lim vaziri tomonidan taqdirlangandi.