Redmi K90 Pro Max Champion Edition taqdim etildi

24-oktabr 2025 13:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi K90 Pro Max Champion Edition taqdim etildi / Foto: DChS

Redmi kompaniyasi Lamborghini Squadra Corse bilan hamkorlikda o‘zining yangi maxsus Redmi K90 Pro Max Champion Edition modelini taqdim etdi. Smartfon dizayni Lamborghini’ning SC63 giperkariyidan ilhomlangan bo‘lib, bir qator premium xususiyatlarga ega.

Tashqi ko‘rinish

Yangi model karbon tolaga o‘xshash tekstura, Y-shaklidagi dizayn aksentlari va Lamborghini logotipi bilan ajralib turadi. Qadoq ichida esa zaryadlovchi qurilma, kabel, himoya g‘ilof va Squadra Corse logotipli kolleksion kartochka taqdim etiladi.

Foto: DChS

Texnik xususiyatlar:

  • Protsessor: Snapdragon 8 Gen 5 Elite;
  • Grafika: D2 GPU;
  • Displey: Xiaomi Qingshan 3.0 himoya texnologiyasi;
  • Batareya: 7560 mA·soat;
  • Zaryadlash: 100 Vt simli, 50 Vt simsiz, 22,5 Vt teskari (reverse) zaryadlash.
Foto: DChS

Smartfon Bose kompaniyasi tomonidan sozlangan 2.1 audio tizim bilan jihozlangan bo‘lib, ikki dinamikga ega.

Kamera imkoniyatlari:

  • Asosiy modul: Light Hunter 950, 1/1,31″ yirik sensor;
  • Keng burchakli kamera: 50 MP;
  • Periskop moduli: 10x gibrid zum va OIS optik stabilizatsiya;
Foto: DChS

Redmi K90 Pro Max Champion Edition’ning 16 GB RAM + 1 TB xotirali versiyasi 770 dollardan baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi K90 smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek