Shota Rustaveli ko‘chasida yana uchta avtobus harakati qayta tiklanadi

eʼlon qilindi
2025-yil 26-oktabrdan boshlab 80, 114 va 127-sonli avtobuslar harakatni boshlaydi
Shota Rustaveli
Shota Rustaveli ko‘chasida yana uchta avtobus harakati qayta tiklanadi. Foto: shr-tashkent.uz

2025-yil 26-oktabrdan boshlab Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali 80, 114 va 127-sonli avtobuslar harakatni boshlaydi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bu yo‘lak faqat avtobuslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi qat’iyan taqiqlanadi. Haydovchilar bu yo‘lakda chapga burilish yoki ortga qayrilish qoidalarini buzmasligi lozim.

Yo‘lovchilar esa avtobusga chiqishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari, platformaga faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylaridan chiqishi kerak bo‘ladi.

Vazirlikka ko‘ra, loyihaning asosiy maqsadi jamoat transportiga ustuvorlik berish, tirbandliklarni kamaytirish va yo‘lovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22-oktabridan boshlab ushbu ko‘chadagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali 2, 18, 45 va 94-sonli avtobuslar harakatni boshlagandi

Shuningdek