Surxondaryoda hokimlik yerini 1,5 milliard so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
U $110 ming va 100 million so‘mni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi
Surxondaryoda hokimlik yerini 1,5 milliard so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Surxondaryoda hokimlik yerini 1,5 milliard so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Ekran tasviri videodan olindi

Bandixon va Taxiatosh tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida yashovchi shaxs chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi 3,5 gektar yer maydonini tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. Buning evaziga 1,5 mlrd so‘m talab qilgan. U $110 ming va 100 million so‘mni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.

Ikkinchi holatda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor amudaryolik fuqaroning ishonchiga kirib, Taxiatoshda boshqa fuqaro uchun ajratilgan 169 gektar yerni o‘ziga tegishli deb ko‘rsatgan. U yerning 50 gektar qismini har gektarini $1 mingdan, jami $50 mingga sotmoqchi bo‘lgan. Tadbirkor so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda har ikki holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda fuqaroning tugallanmagan binosini hujjatlashtirishni va’da qilganlar ushlangani xabar qilingandi.

Shuningdek