Tramp Kanada bilan barcha savdo muzokaralarini to‘xtatdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bilan barcha savdo muzokaralari to‘xtatganini e’lon qildi. U bunga sobiq prezident Ronald Reyganning tariflarga qarshi chiqishini aks ettirgan reklama sabab bo‘lganini aytdi. Tramp bu haqda o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
Reklama Ontario provinsiyasi hukumati tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, unda Reygan xorijiy tovarlarga bojlar ish o‘rinlarini kamaytirib, savdo urushlarini keltirib chiqaradi, deya tanqid qilgan. Ontario bosh vaziri Dug Ford Tramp reklama haqida eshitganini va undan mamnun bo‘lmaganini ta’kidladi.
Tramp prezidentligi davrida AQShda boj stavkalari 1930-yillardagi darajaga yaqinlashgan. U boj siyosatini xalqaro muzokaralarda bosim vositasi sifatida ishlatgan va yangi tariflar joriy etish bilan bir necha bor tahdid qilgan.
Kanada bosh vaziri Mark Karni esa mamlakat o‘z bozorlarini nohaq raqobatdan himoya qilinishini aytdi. Yil boshida Tramp Kanada po‘lati, alyuminiy va avtomobillariga boj joriy qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh davlat qarzi ilk bor $38 trlndan oshgani haqida xabar bergan edi.