
Premium elektromobillar ishlab chiqaruvchi ZEEKR kompaniyasi Tashkent International Auto Show 2025 ko‘rgazmasida 5 ta yangi modelini namoyish etdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.
24-oktabr kuni Toshkentdagi CAEx xalqaro ko‘rgazma markazida Tashkent International Auto Show (TIAS 2025) bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi ko‘rgazmada dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari, dilerlar, investorlar va texnologik hamkorlar bir maydonga jam bo‘ldi. Shular orasida ZEEKR brendi eng ko‘p e’tibor qozongan ishtirokchilardan biri bo‘ldi.

Kompaniya Geely Holding Group tarkibiga kiruvchi, intellektual elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan premium brend sifatida tanilgan. ZEEKR O‘zbekiston bozorida 2024-yil mart oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda va qisqa vaqt ichida avtomobil ixlosmandlari orasida ishonchli nom qozondi.
TIAS 2025’da ZEEKR bir vaqtning o‘zida beshta yangi modelini taqdim etdi.
ZEEKR 001
Besh eshikli sport elektromobili, «shooting brake» uslubidagi dizayni bilan ajralib turadi. 789 ot kuchigacha quvvat, 3,2 soniyada 0–100 km/soat tezlanish va 620 km gacha yurish masofasiga ega. Premium interyer, keng AR HUD ekrani va avtopilot tizimi bilan jihozlangan.





Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
ZEEKR 001 avtomobilini 720 million so‘mdan boshlab rasmiy saytdan xarid qilishingiz mumkin.








Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
ZEEKR X
Ixcham, lekin kuchli shahar krossoveri. 428 ot kuchiga ega, 3,8 soniyada tezlanadi. 446 km masofani bir zaryad bilan bosib o‘tadi. Model qulaylik, texnologiya va estetikani uyg‘unlashtirib, «premium SUV kompakt shaklda» tamoyilini taklif etadi.








Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
ZEEKR X avtomobilini 450 million so‘mdan boshlab rasmiy saytdan xarid qilishingiz mumkin.
ZEEKR 7X
O‘rta hajmli oilaviy krossover. Eng kuchli AWD versiyasi 646 ot kuchiga ega bo‘lib, 0–100 km/soat tezlikni 3,8 soniyada oladi. 705 km yurish masofasi va atigi 13 daqiqalik tez zaryadlanish imkoniyati bilan ajralib turadi.
ZEEKR 7X avtomobilini 595 million so‘mdan boshlab rasmiy saytdan xarid qilishingiz mumkin.







Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
ZEEKR 007GT
Sport ruhidagi «shooting brake» kuzovli universal model. 825 km gacha yurish masofasi va 500 kVtgacha quvvatda zaryad olish texnologiyasiga ega. 2,9 soniyada tezlanadi. Keng salon, katta bagaj (645 litr) va aerodinamik dizayni bilan sport va qulaylikni uyg‘unlashtiradi.








Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
ZEEKR 007GT avtomobilini 535 million so‘mdan boshlab rasmiy saytdan xarid qilishingiz mumkin.
ZEEKR 009
Hashamatli elektr MPV, oilaviy va biznes safarlar uchun mo‘ljallangan. 705 km masofa, ikki motorli 789 ot kuchi va 3,9 soniyalik tezlanish imkoniyati bilan o‘z sinfidagi eng qudratli modellar sirasiga kiradi. Ichki makon kengligi va shinamligi bilan «premium minivan» toifasini yangicha talqin qiladi.






Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
ZEEKR 009 avtomobilini 1 milliard so‘mdan boshlab rasmiy saytdan xarid qilishingiz mumkin.






Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
ZEEKR kompaniyasi nafaqat dizayn, balki texnologiyada ham innovatsiyalarga katta e’tibor qaratmoqda. Brend o‘zining sun’iy intellekt asosidagi haydash boshqaruv tizimini ishlab chiqdi. U NVIDIA DRIVE AGX Thor platformasiga asoslangan bo‘lib, avtomobilga mustaqil boshqaruv, avtoparkovka va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan ilg‘or algoritmlar beradi.
Shuningdek, ZEEKR Qualcomm Technologies Inc. bilan hamkorlikni kengaytirgan. Endi kompaniyaning barcha yangi modellari Qualcomm Snapdragon Automotive chiplariga asoslangan multimedia tizimlari bilan jihozlanadi. Bu tizimlar haydovchi va yo‘lovchilarga ovozli boshqaruv, aqlli navigatsiya, multimedia va moslashtirilgan interfeys orqali yanada qulay tajriba taqdim etadi.

ZEEKR vakillarining ta’kidlashicha, kompaniya uchun Markaziy Osiyo, ayniqsa O‘zbekiston bozori strategik ahamiyatga ega. Bozor infratuzilmasining o‘sishi, elektr transport vositalariga qiziqishning ortishi va hukumatning ekologik tashabbuslari brend uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent xalqaro avtomobillar ko‘rgazmasidan fotoreportaj tayyorlagan edi.