Ayrim bolalar uchun bogʻcha pulining bir qismi davlat budjetidan qoplab beriladi

eʼlon qilindi
Mazkur kompensatsiya faqat haqiqatan ham qatnayotgan bolalar soniga qarab ajratiladi
bog‘cha
Ayrim bolalar uchun bogʻcha pulining bir qismi davlat budjetidan qoplab beriladi. Foto: ochiq manbalardan

«Kam ta’minlangan oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlari nodavlat oilaviy bog‘chalarga qatnasa, ularning ota-onasi to‘laydigan to‘lovning bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Bu tartib Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan yangi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Nizomga ko‘ra, to‘lovning bir qismini qoplashga haqli bo‘lgan oilalar ro‘yxati axborot tizimi orqali avtomatik shakllantiriladi.

Oilaviy nodavlat bog‘chalarga ajratiladigan kompensatsiya — 9 soatlik ish rejimidagi davlat bog‘chalari uchun belgilangan ota-onalar to‘lovining 40 foizini tashkil etadi.

Mazkur kompensatsiya faqat haqiqatan ham qatnayotgan bolalar soniga qarab ajratiladi. Biroq bu summa bog‘cha va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan o‘rinlarning 15 foizidan oshmasligi kerak.

Avvalroq prezident maktablari kabi har bir viloyatda «Yangi avlod» bog‘chalari tashkil etilishi xabar qilingandi. Xabarga ko‘ra, ushbu bog‘chalarda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi. Shuningdek, yangi metodikalardan foydalanish imkoniyati xususiy bog‘cha tarbiyachilari uchun ham doim ochiq bo‘ladi.

Shuningdek