Yangiliklar

Hokimliklar uchun yangi ma’muriy binolar qurilishi 2026-yil oxirigacha yakunlanadi

2025 – 2026-yillarda ayrim tuman va shaharlarda mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi ma’muriy binolar quriladi
Hokimliklar uchun yangi ma’muriy binolar qurilishi 2026-yil oxirigacha yakunlanadi
Hokimliklar uchun yangi ma’muriy binolar qurilishi 2026-yil oxirigacha yakunlanadi. Rasm SI yordamida yaratildi

Hukumat qaroriga muvofiq, 2025 – 2026-yillarda ayrim tuman va shaharlarda mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi ma’muriy binolar quriladi.

Yangi binolar foydalanishga topshirilgach, ularning 1 va 2-qavatlari savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun «E-auksion» platformasi orqali ijaraga beriladi.

Qurilish va obodonlashtirish ishlarining buyurtmachilari sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari belgilandi.

Yangi ma’muriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini 2026-yil 1-dekabrga qadar yakunlash belgilangan.

Avvalroq mahalla binolarini servis obyektlariga aylantirgan tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berilishi xabar qilingandi. Bunda viloyat «Islohotlar shtabi» tadbirkorlar bilan birgalikda mahalla binosi uchun joy tanlaydi va yer ajratish qarorini chiqaradi. Shahar va viloyat markazlarida qurilgan, pastki qavati «mahalla yettiligi» uchun ajratilgan binolar uch yilga yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi, qishloqlarda esa bu imtiyoz yetti yil davom etadi.