Hafta davomida dollar qanchaga oshdi

eʼlon qilindi
Dushanba kuni dollar 12 108,24 so‘m etib belgilangan edi
dollar
Hafta davomida dollar kursining o‘zgarishi qanday bo‘ldi / Foto: Depositphotos

AQSh valyutasi hafta davomida turlicha o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida hafta davomida dollar kursining o‘zgarishi haqida so‘z boradi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu hafta davomida AQSh dollarining kursi biroz tebranishlarni ko‘rsatdi.

20-oktabrda esa kurs 12 108,24 so‘m bo‘lib, 52,75 so‘mga tushdi. 21-oktabrda dollar 12 060,15 so‘mni tashkil etib, 48,09 so‘mga arzonlashdi.

22-oktabrda kurs 12 011,02 so‘mga tenglashib, 49,13 so‘mga kamaygan bo‘lsa, 23-oktabr kuni esa 12 101,29 so‘mgacha ko‘tarilib, 90,27 so‘mga oshdi. 24-oktabrda esa 12 129,33 so‘m (+28,04 so‘m) etib belgilandi.

Hafta davomida AQSh dollari 21,09 so‘mga oshdi.

Jadval:

Sana1 AQSh dollari (so‘m)Kunlik o‘zgarish
20-oktabr12 108,24−52,75
21-oktabr12 060,15−48,09
22-oktabr12 011,02−49,13
23-oktabr12 101,29+90,27
24-oktabr12 129,33+28,04

Markaziy bank milliy valyutaning mustahkamlanishini qanday izohlaydi?

Timur Ishmetov
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yanvar – sentabr oylarida so‘mning qadri 6,5 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov OAV vakillari bilan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

2025-yilning aprel oyidan boshlab milliy valyuta almashuv kursida mustahkamlanish tendensiyasi bilan birgalikda uning tebranishlar darajasining oshishi kuzatilmoqda.

Joriy yilning boshidan sentabr oyigacha O‘zbekistonga kirib kelayotgan valyuta oqimlarida oshish kuzatilgan. Jumladan, eksport tushumlari 18 foizga oshib $19 mlrdga yetdi. Shuningdek, banklar tomonidan xorijiy valyutaga kreditlar hisobidan ichki bozorga $6,3 mlrdlik mablag‘lar sotildi. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga ko‘proq.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 27-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek