O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi JSTga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi JSTga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Belgiya poytaxti Bryusselda Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Belgiya qiroli Filipp bilan uchrashdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu hujjat savdo, investitsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi asos yaratadi.

Shuningdek, davlat rahbari Yevropaning yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan ham uchrashib, qo‘shma loyihalar istiqbollarini muhokama qildi. Ular bilan umumiy qiymati 10 milliard yevrodan ortiq yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Eng muhim yangiliklardan biri esa O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani bo‘ldi.

Dasturdagi tadbirlar yakunlangach, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga yo‘l oldi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibotlarini soddalashtirish masalasini muhokama qilgani xabar berilgandi.

Shuningdek