Toshkentda yo‘l qoplamalarini yangilash sanalari e’lon qilindi
eʼlon qilindi
Ishlar davomida harakat to‘xtatilmaydi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda qish mavsumi va yog‘ingarchilik davrlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yo‘llarda asfalt-beton qoplamasini yangilash jadvalini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, ishlar davomida harakat to‘xtatilmaydi.
Ishlar jadvali quyidagicha:
| Ko‘cha nomi | Maydon (m²) | Frezalash sanasi | Asfaltlash sanasi |
|---|---|---|---|
| Amir Temur shohko‘chasi | 50 | 27.10.2025 | 28.10.2025 |
| Amir Temur maydoni | 400 | 27.10.2025 | 28.10.2025 |
| Abdulla Qodiriy shohko‘chasi | 4 730 | 01.11.2025 | 01 – 02.11.2025 |
| Sharof Rashidov shohko‘chasi | 700 | 01.11.2025 | 01.11.2025 |
| Islom Karimov shohko‘chasi | 1 980 | 24.10.2025 | 25.10.2025 |
| Bunyodkor shohko‘chasi | 200 | 27.10.2025 | 28.10.2025 |
| Maxtumquli ko‘chasi | 2 500 | 03 – 04.11.2025 | 03 – 04.11.2025 |
| Botir Zokirov ko‘chasi | 935 | 24.10.2025 | 25.10.2025 |
| Shahrisabz ko‘chasi | 1 997 | 04.11.2025 | 04.11.2025 |
| Sultoniya ko‘chasi | 240 | 30.10.2025 | 30.10.2025 |
| Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi | 1 500 | 30.10.2025 | 30.10.2025 |
| Oybek ko‘chasi | 250 | 25.10.2025 | 26.10.2025 |
| Istiqbol ko‘chasi | 400 | 27.10.2025 | 28.10.2025 |
| Qoratosh ko‘chasi | 450 | 28.10.2025 | 29.10.2025 |
| Mustaqillik shohko‘chasi | 30 | 28.10.2025 | 28.10.2025 |
| Katta Mirobod ko‘chasi | 150 | 29.10.2025 | 29.10.2025 |
| Turkiston ko‘chasi | 2 300 | 26.10.2025 | 26.10.2025 |
Hokimlikning ma’lum qilishicha, poytaxta jami maydoni 19 012 m² bo‘lgan yo‘l qoplamalari yangilanadi.
Avvalroq Shota Rustaveli ko‘chasida uchta avtobus harakati qayta tiklanishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 2025-yil 26-oktabrdan boshlab Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali 80, 114 va 127-sonli avtobuslar harakatni boshlaydi.