Gadjetlar

270 dollarlik Moto X70 Air smartfoni taqdim etildi

Moto
Foto: Moto

Xitoyda Motorola Moto X70 Air smartfonining oldindan buyurtmalari boshlandi. Bu haqda ITHome xabar qilmoqda. Qurilma ikki talqinda taqdim etilgan.

Smartfonning asosiy afzalligi – uning 5,99 mm qalinlikdagi alyuminiy korpusi va 159 grammli yengil og‘irligida. Qurilma IP69 darajasidagi chang va suvdan himoya bilan jihozlangan.

Moto X70 Air 6,7 dyuymli 1,5K OLED displey bilan ta’minlangan. Asosiy hamda old kameralar – har ikkalasi ham 50 MP aniqlikka ega.

Moto
Foto: Moto

Texnik jihatdan smartfon Snapdragon 7 Gen 4 protsessorida ishlaydi, 4800 mA·soatli batareyaga ega va 68 Vt tezkor zaryadlash hamda 15 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Moto X70 Air yuqori darajadagi dizayn, himoya va unumdorlikni nisbatan arzon narxda taklif qiluvchi premium darajadagi yangi model sifatida e’tirof etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei Mate 70 Air smartfonining asosiy xususiyatlar oshkor bo‘lgani haqida yozgan edi.