Abduqodir Husanov jarohatdan so‘ng «Manchester Siti» mashg‘ulotlariga qaytdi

26-oktabr 2025 17:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Foto: Mancity.com

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov oyoq jarohatidan keyin «Manchester Siti» jamoasi bilan mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Husanov «Arsenal»ga qarshi o‘yinda oyoq panjasi jarohatini olgandi va bir necha hafta davomida shifokorlar nazoratida tiklanish jarayonini o‘tkazdi. Endilikda u jamoadoshlar bilan birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Biroq bosh murabbiy Pep Gvardiola futbolchi hali to‘liq tayyor emasligini ma’lum qilib, u «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini tasdiqladi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, Husanovning sog‘ligi ijobiy tomonga o‘zgarmoqda va u yaqin haftalarda Angliya Premer-ligasining keyingi turlarida jamoa safida maydonga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hollandning dubli «shaharlik»larga g‘alaba keltirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek