
AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamda Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau Toshkentga yetib keldi.
AQSh Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil Serxio Gor hamda Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau 26 – 30-oktabr kunlari Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif davomida AQSh delegatsiyasi ikki davlat hukumati vakillari bilan iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik masalalari va mintaqaviy barqarorlik yuzasidan muzokaralar olib boradi.



AQSh Davlat departamenti bayonotida qayd etilishicha, Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va savdo hamda investitsiya aloqalarini kengaytirishga intiladi.
Shuningdek, bu tashrif orqali tomonlar AQSh va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi «C5+1» diplomatik platformasi tashkil etilganining 10 yilligini nishonlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp va Si Szinpin 30-oktabr kuni Janubiy Koreyada uchrashishi haqida yozgan edi.