Yangiliklar

Chust tumanidagi «zapravka»da sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi — video

Hodisa 2025-yil 25-oktabr kuni soat 18:47 da sodir bo‘lgan
portlash
Foto: AP

Namangan viloyati Chust tumanining Birlik mahallasida joylashgan, faoliyati to‘xtatilgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida chaqnash hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, hodisa 2025-yil 25-oktabr kuni soat 18:47 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Yong‘in kelib chiqmagan.

Aniqlanishicha, 10 tonnalik yoqilg‘i saqlash sisternasini boshqa joyga ko‘chirish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani sabab chaqnash yuz bergan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/video_2025-10-26_12-56-48.mp4
Video: Ijtmoiy tarmoq

Natijada, payvandlash ishlarini olib borayotgan ishchi halok bo‘lgan. Hozirda hodisa sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Buxoroda sifatsiz yoqilg‘i sotgan «zapravka»larga iqtisodiy sanksiya qo‘llanilgani haqida yozgan edi.