Yangiliklar

Ketlin Konnolli Irlandiya prezidenti etib saylandi

U 63,4 foiz ovoz to‘plagan
Foto: Reuters

Irlandiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod Ketlin Konnolli ishonchli g‘alabaga erishdi. U 63,4 foiz ovoz to‘plab, raqiblardan katta ustunlik bilan oldinga chiqdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Konnollining asosiy raqibi – sobiq bosh vazir, «Fine Gael» partiyasi vakili Xizer Xamfris 29,5 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va o‘z mag‘lubiyatini tan olgan.

Saylov natijalariga ko‘ra, 13 foiz byulletenlar haqiqiy emas deb topilgan. Ba’zi saylovchilar ularni ataylab buzgan – bu amaliyotga ilgari saylovning asosiy bosqichidan chiqib keta olmagan konservativ siyosatchilar chaqirgan edi.

Ketlin Konnolli haqida

Ketlin Konnolli 1957-yilda Galway shahrida tug‘ilgan. Siyosatga kirishdan oldin u psixolog va advokat sifatida faoliyat yuritgan. 2016-yildan beri Irlandiya parlamenti deputati bo‘lib ishlaydi.

U mustaqil, chap qarashli siyosatchi sifatida tanilgan. Konnolli ijtimoiy adolat, tenglik va zaif qatlamlar huquqlarini himoya qilish tarafdori. Shuningdek, u Irlandiyaning tashqi siyosatda neytral pozitsiyasini saqlab qolish, parlament tasdig‘isiz harbiy operatsiyalarda ishtirok etmaslik tarafdori.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Moldovadagi parlament saylovida PAS partiyasi g‘alaba qozongani haqida yozgan edi.