Yangiliklar

Luvr muzeyidagi o‘g‘irlik, Jahon chempioniga aylangan Marokash yoshlari — haftaning muhim yangiliklari

Markaziy bank asosiy stavkani yana 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Haftaning muhim yangiliklari / Foto: Kursiv Uzbekistan

Luvr muzeyidagi o‘g‘irlik, Jahon chempioniga aylangan Marokash yoshlari — haftaning muhim yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Parijdagi Luvr muzeyida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi

Foto: IGoto.world.com

Parijdagi Luvr muzeyida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Jinoyatchilar kran yordamida ikkinchi qavat oynasini sindirib, toj javohirlaridan iborat noyob kolleksiyani o‘g‘irlab qochgan.

Marokash yoshlari Jahon chempioniga aylandi

Futbol bo‘yicha Chilida o‘tkazilgan «U-20» Jahon chempionati finalida Marokash terma jamoasi 2:0 hisobida argentinalik tengqurlaridan ustun keldi.

O‘zbekistondagi 320 ta vokzal va stansiyalar nomi almashtiriladi

Северный вокзал Ташкента

Foto: Sodikjon Akhmedov / Unsplash

O‘zbekistondagi vokzal, stansiya hamda razyezdlarning nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtiriladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Transport vazirligi hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 3 oy muddatda barcha peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili me’yorlariga mos shaklda qayta yozishi lozim.

Qirg‘iziston 2025-yilda O‘zbekistonga mineral suv eksportini qariyb to‘rt baravarga oshirdi

Foto: Pexels

Qirg‘iziston 2025-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 905,2 ming litr mineral suv eksport qildi. Bu haqda tazabek nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 baravar ko‘p. O‘zbekiston Qirg‘izistondan eksport qilingan mineral suvning yarmidan ortig‘ini qabul qilgan va asosiy xaridor davlatga aylangan.

UzPost’ni xususiylashtirilishida Davaktivdan ochiqlik talab qilindi

UzPost

Foto: UzPost

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (Davaktiv) taqdimnoma kiritib, «O‘zbekiston pochtasi»dagi AJ (UzPost) davlat ulushini xususiylashtirish jarayonida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilishni so‘radi.

Samarqandda fermer xo‘jaligi Qoradaryodan noqonuniy qum-shag‘al qazib, tabiatga 43 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan «M.M.M.N» fermer xo‘jaligi Qoradaryo daryosi hududidan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olgani aniqlandi. Natijada tabiatga 43,12 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ma’lum qilishicha, holat viloyat boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida fosh etilgan.

Rossiyada spirtli ichimlik ta’sirida avtomobil boshqargan xorijliklar yashash ruxsatnomasidan mahrum etilishi mumkin

Rossiyada mast holda mashina haydagan o‘zbekistonliklarni yashash ruxsatnomasidan mahrum qilish taklif qilinmoqda

Rossiyada mast holda mashina haydagan o‘zbekistonliklarni yashash ruxsatnomasidan mahrum qilish taklif qilinmoqda. Foto: «Samarskaya gazeta»

Endilikda Rossiyada spirtli ichimlik yoki giyohvand modda ta’sirida transport vositasini boshqargan migrantlar, jumladan, o‘zbekistonliklar ham mamlakatda yashash ruxsatnomasidan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.

Tegishli qonun loyihasini Rossiya Davlat Dumasiga «Adolatli Rossiya — haqiqat uchun» partiyasi fraksiyasi rahbari Sergey Mironov va deputat Fedot Tumusov taqdim etgan. Tashabbusga ko‘ra, agar xorijiy fuqarolar mast holatda avtomobil boshqargan bo‘lsa, ularga vaqtincha yashash ruxsatnomasini berish rad etiladi yoki u bekor qilinadi.

21-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

Курс доллара в Узбекистане на 21 октября

Foto: Nathan Dumlao / Unsplash

21-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 060,15 so‘m (-48,09 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 104,53 so‘mga tushib, 14 064,55 so‘mni, rubl esa 0,23 so‘mga pasayib, 148,87 so‘mni tashkil qildi.

AQSh–Xitoy savdo mojarosi sabab neft narxlari pasaymoqda

Dushanba kuni xalqaro bozorda neft narxlari yana pasaydi. Mutaxassislar buning sababini bozorda neft taklifi ortib ketayotgani va AQSh bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo keskinligi bilan izohlashmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bugun 09:38 holatiga ko‘ra, Brent markali neft narxi 18 sentga tushib, bir barrel uchun $61,11, WTI markali Amerika nefti esa 17 sentga arzonlab, $57,37 bo‘ldi. Bozor tahlilchilari aytishicha, hozir savdogarlar neft tanqisligidan emas, balki ortiqcha neft to‘planib qolishidan xavotirda.

Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi

Samarqandda MDH xavfsizlik organlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tadi

Samarqandda MDH xavfsizlik organlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tadi / Foto: Uzbekistan Travel

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga kirish vaqtincha cheklanadi. 2025-yil 30-oktabrdan 14-noyabrgacha Samarqand viloyati orqali tranzit tarzda o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Shu kunlarda shahar markaziga kirish cheklovlari joriy qilinadi.

Hokimliklarda ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Davlat organlarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Davlat organlarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tilini rivojlantirish va uning nufuzini oshirishga qaratilgan yangi qarorni qabul qildi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, viloyat va shahar (tuman) hokimliklarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

O‘zbekiston banklarida mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha

O‘zbekiston banklarida mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha. Foto: ijtimoiy tarmoq

20-oktabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 33,1 foizni tashkil qilmoqda. Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha foiz stavkasi 24,3 foizda saqlanib qoldi.

Sun’iy intellekt va kosmos markazlari: IT-parkning ikkinchi bosqichi start oldi

Toshkentda IT-park loyihasining ikkinchi bosqich qurilishiga start berildi

Toshkentda IT-park loyihasining ikkinchi bosqich qurilishiga start berildi. Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkka tashrif buyurib, loyiha ikkinchi bosqichining tamal toshini qo‘ydi. Yangi bosqich doirasida hudud 1,5 barobar kengayadi. Saudiya Arabistonining DataVolt kompaniyasi bilan hamkorlikda 12 megavatt quvvatga ega, $150 millionlik data-markaz quriladi.

Uzbekistan Airways Andijondan Istanbulga aviachiptalar narxini pasaytirdi

Uzbekistan Airways Andijon – Istanbul yo‘nalishida yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: Uzbekistan Airways

Aksiya bo‘yicha chiptalarni 21-oktabrdan 28-oktabrgacha, sayohat qilishni esa 27-oktabrdan 27-noyabrgacha xarid qilish mumkin. Bir tomonga parvoz narxi 1 815 000 so‘mdan, borish va qaytish esa 3 389 000 so‘mdan boshlanadi.

Hokimlarga yil yakunigacha o‘z hududlarida «Aqlli shahar» tizimini joriy etish topshirildi

Hokimlarga yil yakunigacha o‘z hududlarida «Aqlli shahar» tizimini joriy etish topshirildi

Hokimlarga yil yakunigacha o‘z hududlarida «Aqlli shahar» tizimini joriy etish topshirildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Urganch shahrida «Aqlli shahar» tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, u elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, transport, obodonlashtirish va chiqindi korxonalarini yagona tizimga birlashtirgan. Tizim sun’iy intellekt asosida fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilib, tezkor yechim taklif etadi. Natijada yiliga 16 milliard so‘m mablag‘ tejalmoqda. Shu bois prezident viloyat markazlari va poytaxt tumanlari hokimlariga Urganch tajribasini o‘rganib, uni o‘z hududlarida joriy etishni topshirdi.

Hokimliklarda raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Hokimliklarda raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Hokimliklarda raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Foto: prezident matbuot xizmati

Shahar va tumanlarda hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi. Shuningdek, endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirish uchun mas’ul o‘rinbosarlari sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘ladi.

O‘zbekistonda 16 ta superkompyuter xarid qilinadi

O‘zbekistonda 16 ta superkompyuter xarid qilinadi / Foto: SI yordamida yaratilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellektni rivojlantirish uchun 16 ta superkompyuter xarid qilishga $50 mln ajratilganini ma’lum qildi. Kelgusi yilda bu mablag‘ ikki baravar oshiriladi. Davlat rahbari ta’kidlashicha, sun’iy intellekt sohasida raqobatbardosh bo‘lish uchun uch yo‘nalishga — infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaytiriladi.

O‘zbekistonda 2026-yildan yo‘ldoshli internet operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘ldoshli internet operatorlari besh yilga yer, mol-mulk, foyda va QQSdan ozod etiladi

Yo‘ldoshli internet operatorlari besh yilga yer, mol-mulk, foyda va QQSdan ozod etiladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash maqsadida kelasi yildan yo‘ldoshli internet operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular besh yil davomida yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiladi.

Oq uyning bir qismi buzildi

Oq uy

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning tashabbusi bilan Oq uyning sharqiy qanotida yangi ball zali qurilishi boshlandi. Qurilish ishlari boshlanganidan so‘ng, sharqiy tomondagi kirish qismi va derazalarning bir qismi buzib tashlandi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, $250 mlnlik loyiha Oq uy binosiga zarar yetkazmaydi va mavjud tuzilmani to‘liq saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida zilzilalarni oldindan prognoz qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Zilzila

Foto: Bgnuh / depositphotos.com

O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, seysmik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida bir qator yangi tashabbuslar amalga oshiriladi.

Qozog‘istondagi OLX e’lonlar sayti Beeline tomonidan 75 mln dollarga sotib olinmoqda

Foto: Olx

Beeline Qozog‘iston (VEON kompaniyasining mintaqaviy filiali) OLX Group’dan OLX Qozog‘iston onlayn e’lonlar platformasining 100 foiz ulushini $75 million evaziga sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Beeline kompaniyasi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

22-oktabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

dollar

Foto: Ochiq manbalar

Banklar 22-oktabr kungi xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotni taqdim qiladi.

Valyuta sotib olish uchun eng qulay banklar

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 020 so‘m«Davrbank», Xalq banki
EUR14 000 so‘m«Infinbank», «Poytaxtbank»
RUB149 so‘m«Infinbank»

Valyuta sotish uchun eng qulay banklar

ValyutaEng yuqori kurs (sotish)Bank nomi
USD12 000 so‘m«Madadinvest»
EUR14 000 so‘mXalq banki
RUB138 so‘m«Kapitalbank»

Rossiyada Telegram qo‘ng‘iroqlari qayta tiklanmoqda

Telegram

Foto: Airtel

Rossiya hududida Telegram messenjeridagi ovozli va videoqo‘ng‘iroqlar yana faol bo‘ldi. Bu haqda iGuides Telegram kanali foydalanuvchilar xabarlariga tayanib ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil yozida Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati (Rosskomnadzor) qarori bilan messenjer va WhatsApp’dagi (Meta Platforms Inc. ekstremistik tashkilot deb tan olingan) audioqo‘ng‘iroqlar bloklangandi.

Uy mojarosi: tadbirkor Sanjar Karimov va aldanib qolgan ayol voqeasi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Foto: Kollaj

Ijtimoiy tarmoqlarda toshkentlik Jamila Olimboyeva ismli ayolning uy bilan bog‘liq oilaviy mojarosi tarqaldi. Uning aytishicha, uyini yo‘qotishiga sobiq qallig‘i va tadbirkor Sanjar Karimov (Real Sanjik) sababchi bo‘lgan.

Toshkentdagi eng arzon uylar qaysi hududlarda

Toshkentdagi eng arzon uylar qaysi hududlarda

Toshkentdagi eng arzon uylar qaysi hududlarda. Foto: ijtimoiy tarmoq

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2025-yil sentabr oyi hisobotiga ko‘ra, Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori narxlari o‘tgan yilga nisbatan 1,7 foizga kamaygan.

Sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 24,2 mingtani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,7 foizga ko‘p. Birlamchi bozorda narxlar uch foizga oshgan, ayniqsa Mirobod, Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida o‘sish 5,8 foizni tashkil etgan.

Markaziy Bank banklarning sanksiyaga uchrashiga juda ham jiddiy qaraydi

Foto: www.depositphotos.com

Markaziy Bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov O‘zbekiston banklarining sanksiyalarga uchrashi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.

Batafsil

Eksport, pul o‘tkazmalari, oltin narxi — so‘mni nima mustahkamladi

Yanvar-sentabr oylarida so‘mning qadri 6,5 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy Bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov OAV vakillari bilan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Batafsil

Yangilangan Chevrolet Cobalt qanday dvigatelda chiqadi — foto, video

UzAutoMotors Chevrolet Cobalt modelining yangilangan versiyasi haqida ma’lumot berdi. Endilikda avtomobil Euro-5 ekologik standartiga javob beradigan yangi dvigatel bilan ta’minlanadi.

Batafsil

ZEEKR Tashkent Auto Show 2025’da 5 ta elektromobilini taqdim etdi

ZEEKR Tashkent Auto Show 2025

ZEEKR Tashkent Auto Show 2025 ko‘rgazmasida / Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Premium elektromobillar ishlab chiqaruvchi ZEEKR kompaniyasi Tashkent International Auto Show 2025 ko‘rgazmasida 5 ta yangi modelini namoyish etdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.

Batafsil

Hindistonda o‘zbekistonlik ayol jinsiy qullikdan qutqarildi

Сексуальное рабство в Индии

Foto: Sasun Bughdaryan on Unsplash

Hindistonning Haydarobod shahrida politsiya fohishalik tarmog‘iga qarshi reyd o‘tkazib, uch nafar ayolni, jumladan, O‘zbekiston fuqarosini ozod qildi. Bu haqda Times of India nashri xabar berdi.

Batafsil

Markaziy bank asosiy stavkani yana 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Bugun, 24-oktabr kuni Markaziy bank (MB) asosiy stavkani o‘zgartirmay, 14 foiz darajasida saqlab qolish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.

Batafsil