«Manchester Siti» «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi

26-oktabr 2025 21:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: mancity.com

«Aston Villa» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari nihoyatda keskin kechdi, biroq «shaharliklar» hisobni tenglashtira olmadi.

Uchrashuvning 90+3-daqiqasida Foden va Niko tomonidan xavfli zarbalar yo‘llandi, ammo «Villa» himoyachilari to‘siq bo‘lishdi. Nunes esa ustun ustidan zarba yo‘llab, imkoniyatni boy berdi.

Foto: mancity.com

89-daqiqada Haaland to‘pni darvozaga yo‘lladi, ammo ofsayd sababli gol bekor qilindi. Norvegiyalik hujumchi bu epizodda ustunga urilib, og‘riq sezdi.

«Manchester Siti» safida Doku, Cherki va Marmush kabi o‘yinchilar hujumni jonlantirishga harakat qildi, biroq «Villa» himoyasi bardosh berdi.

Foto: mancity.com

Natijada «Aston Villa» uch ochkoni saqlab qoldi, «Siti» esa bu mavsumdagi navbatdagi mag‘lubiyatini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abduqodir Husanov jarohatdan so‘ng «Manchester Siti» mashg‘ulotlariga qaytgani haqida yozgan edi.

Shuningdek