Gadjetlar

Samsung Galaxy S24 seriyasi uchun yangilanish taqdim etildi

Yangilanish hozircha Janubiy Koreyada foydalanuvchilarga taqdim etilgan
Samsung
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S24 smartfonlari va Galaxy S24 FE modeli uchun yangi tizim yangilanishini tarqata boshladi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.

One UI 8.0 chiqishidan keyingi birinchi yangilanish bo‘lib, u 2025-yil oktabr xavfsizlik patchini o‘z ichiga oladi.

Yangilanish hozircha Janubiy Koreyada foydalanuvchilarga taqdim etilgan, yaqin kunlarda esa boshqa mintaqalarda ham tarqatilishi kutilmoqda.

Bu safargi versiya yangi funksiyalar qo‘shmaydi va dizaynda o‘zgarishlar yo‘q. Yangilanish asosan tizim xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan. Oktabr patchi Android tizimidagi 14 ta yuqori xavfli zaiflikni va Samsung kompaniyasiga xos 12 ta ichki xatolikni bartaraf etadi.

Avvalroq Samsung qisqa muddatga One UI 8.0 tarqatilishini to‘xtatgan edi. Kompaniya firmaning serverlaridan dasturiy ta’minotni olib tashlagan, ehtimoliy texnik nosozliklar sabab. Shunga qaramay, aksariyat foydalanuvchilar yangilanishni allaqachon o‘rnatib ulgurgan. Shu bois hozirgi patch – katta tizim yangilanishidan keyingi rejalashtirilgan xavfsizlik tuzatmasi sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung yangi smartfonlar taqdimotini kechiktirgani haqida yozgan edi.