Toshkentda Madina Qosimboyeva nomidagi kashtachilik maktab-ustaxonasi ochildi

Toshkent shahrining «Suzuk ota» hunarmandlar mahallasida kashtachilik ustasi Madina Qosimboyeva nomidagi maktab-ustaxona o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva telegram kanalida ma’lum qildi.
Ushbu ijodiy makon o‘quv markazi, ustaxona va galereyani o‘z ichiga olgan bo‘lib, u nafaqat san’atni rivojlantirish, balki yosh qizlarga o‘qish, ijod qilish va mustaqil bo‘lish imkonini yaratadi.




Maktab uchun yer O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga binoan ajratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi — qadimiy kashtachilik an’analarini saqlab qolish va uni yangi avlodga yetkazishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyada baronessa Ariel de Rotshild bilan uchrashgani haqida yozgan edi.