
Smartfon ishlab chiqaruvchilari har yili o‘nlab yangi modellarga start beradi. Natijada hatto eng sifatli flagmanlar ham tezda eski ko‘rinishga ega bo‘lib qoladi. Ushbu maqolada 2025-yil kuzida bemalol xarid qilsa arziydigan 5 ta smartfon haqida so‘z yuritiladi.
Samsung Galaxy S24
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining S24 modeli bilan haqiqiy kompakt flagman tushunchasini tikladi. Qurilma atigi 167 gramm vaznga va 7,6 mm qalinlikka ega 6,2 dyuymli LTPO AMOLED 2X ekrani 120 Hz yangilanish chastotasi, HDR10+ qo‘llovi va 2600 nit yorqinligi bilan ajralib turadi.

Exynos 2400 protsessori tufayli telefon hatto og‘ir o‘yinlarda ham silliq ishlaydi. Kamera tizimi ham yuqori darajada — 50, 10 va 12 megapikselli uchlik modul, 3x optik zum va HDR10+ qo‘llovli 12 MP old kamera bilan jihozlangan. 4000 mA·soatli akkumulyator, IP68 himoyasi, simsiz zaryadlash, stereo tovush va Samsung DeX rejimi bu modelni universal tanlovga aylantiradi.
Huawei Pura 70
Huawei Pura 70 — o‘tgan yilgi foto-flagmanlar ichida eng ixchamlaridan biri. 6,6 dyuymli LTPO OLED ekrani 120 Hz yangilanish tezligiga ega bo‘lib, 1,5K aniqlikda, HDR va 2500 nit yorqinlik bilan ishlaydi. Displey tiniq, ranglar esa tabiiy ko‘rinishga ega.

Kamera tizimi bu modelning eng kuchli tomoni: 50, 12 va 13 MP modullardan iborat asosiy blok, 5x optik zumli periskop va 13 MP old kamera. Huawei’ning XMAGE algoritmlari yordamida tasvir sifati deyarli har qanday yoritishda a’lo darajada. Qurilma Kirin 9000S1 chipida ishlaydi, 4900 mA/soat sig‘imli batareyasi esa to‘liq kun davomida quvvat yetkazadi. IP68 himoyasi, tezkor zaryadlash va NFC moduli ham mavjud.
Google Pixel 9
Google Pixel 9 — o‘zining minimalistik dizayni, toza Android tizimi va uzoq muddatli yangilanishlari bilan ajralib turadi. 6,3 dyuymli OLED displeyi 120 Hz chastotada ishlaydi, HDR10+ formatini qo‘llaydi va 2700 nit yorqinlikka ega.

Tensor G4 chipi va 4700 mA·soatli batareya bilan u yuqori unumdorlikni va barqaror ishlashni ta’minlaydi. Kamera tizimi 50 MP asosiy, 48 MP qo‘shimcha va 10,5 MP old modullardan iborat bo‘lib, optik stabilizatsiya, Ultra HDR va Pixel Shift texnologiyalarini qo‘llaydi. Google’ning hisoblash fotografiyasi yordamida tasvir sifati raqobatchilardan yuqori. Qurilma IP68 himoyasi, NFC, stereo tovush va simsiz zaryadlashga ega.
Xiaomi 15
Xiaomi 15 — ixcham dizayn va flagman texnologiyalarning mukammal uyg‘unligi. 6,36 dyuymli LTPO AMOLED displeyi 120 Gs chastota, 1,5K aniqlik va 3200 nit yorqinlikka ega. Dolby Vision va HDR10+ formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa video tomosha qilishni yanada yoqimli qiladi.

Snapdragon 8 Elite chipi tufayli telefonning ishlash tezligi yuqori darajada. Kamera tizimi 50+50+50 MP triomoduldan iborat. Leica algoritmlari bilan fotosuratlar tiniq va rang jihatdan muvozanatli chiqadi. Qurilmada 5240 mA/soat sig‘imli batareya va 90 vattli tezkor zaryadlash mavjud. IP68 himoyasi, stereo tovush, NFC va simsiz quvvatlanish funksiyalari ham bor.
iPhone 16 Pro
Apple’ning iPhone 16 Pro modeli kompaniya ekotizimiga kirgan foydalanuvchilar uchun eng maqbul tanlov bo‘lib qolmoqda. 6,3 dyuymli Super Retina XDR OLED displey 120 Hz yangilanish chastotasi, Dolby Vision va HDR10 qo‘lloviga ega.

A18 Pro chipi tufayli telefon barcha vazifalarni tez bajaradi, o‘yinlarda ham yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Kamera tizimi 48+12+48 MP modullardan iborat. 5x optik zum va matritsali stabilizatsiya bilan kecha-kunduzda yuqori sifatli suratlar oladi. 3582 mA/soatli akkumulyator esa bir kunlik foydalanishga yetarli. Tezkor zaryadlash esa 30 daqiqada yarim quvvatni to‘ldiradi
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S24 seriyasi uchun yangilanish taqdim etilgani haqida yozgan edi.