28-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
27-oktabr uchun dollar 12 117,35 so‘m (-11,98 so‘m) etib belgilangan edi
dollar
Foto: Jorge Salvador / Unsplash

28-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 053,46 so‘m (-63,89 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi

So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 20-oktabr kuni dollar 12 108,24 so‘m (-52,75 so‘m) etib belgilangan edi. 21-oktabr kuni dollar 2 060,15 so‘mga (-48,09 so‘m) tenglashgan edi. 22-oktabr kuni dollar 12 011.02 so‘m (-49,13 so‘m) etib belgilangandi. 23-oktabr kuni dollar 12 101,29 so‘mga (+90,27 so‘m) tenglashdi. 24-oktabr kuni dollar 12 129,33 so‘m (+28,04 so‘m) etib belgilandi. 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 42,85 so‘mga tushib, 14 026,61 so‘mni, rubl esa 2,94 so‘mga oshib, 152,43so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank milliy valyutaning mustahkamlanishini qanday izohlaydi?

Timur Ishmetov

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yanvar – sentabr oylarida so‘mning qadri 6,5 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov OAV vakillari bilan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

2025-yilning aprel oyidan boshlab milliy valyuta almashuv kursida mustahkamlanish tendensiyasi bilan birgalikda uning tebranishlar darajasining oshishi kuzatilmoqda.

Joriy yilning boshidan sentabr oyigacha O‘zbekistonga kirib kelayotgan valyuta oqimlarida oshish kuzatilgan. Jumladan, eksport tushumlari 18 foizga oshib $19 mlrd.ga yetdi. Shuningdek, banklar tomonidan xorijiy valyutaga kreditlar hisobidan ichki bozorga $6,3 mlrdlik mablag‘lar sotildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga ko‘proq.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 27-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edi. 

Shuningdek