Yangiliklar

92 yoshli Pol Biya sakkizinchi marotaba Kamerun prezidenti etib saylandi

U1982-yilda bu lavozimini egallagan
92 yoshli Pol Biya sakkizinchi marotaba Kamerun prezidenti etib saylandi / Foto: The Habari

Kamerun prezidenti Pol Biya sakkizinchi muddatga qayta saylandi. Bu esa unga deyarli 100 yoshgacha hokimiyatda qolish imkonini beradi, deya xabar bermoqda CNN agentligi.

92 yoshli Biya 1982-yilda prezident lavozimini egallagan va shundan beri hokimiyatni mustahkam qo‘lida ushlab kelmoqda. U 2008-yilda prezidentlik muddatiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilgan va har bir saylovda katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan.

Bu yilgi saylovda uning eng kuchli raqibi 70 yoshlarning oxiridagi Issa Chiroma Bakari bo‘ldi. U ilgari hukumat matbuot kotibi va bandlik vaziri lavozimlarida ishlagan, ammo bu yil Biya bilan kelishmovchilikka borib, muxolifat partiyalari va fuqarolik guruhlari koalitsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan keng ko‘lamli kampaniyani boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Irlandiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod Ketlin Konnolli ishonchli g‘alabaga erishgani haqida yozgan edik.