Yangiliklar

Akbar Jo‘rayev prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi

Og‘ir atletikachi jahon chempionatida erishgan yutuqlari uchun mukofotga sazovor bo‘ldi
Akbar Jo‘rayev Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi
Foto: MOQ

26-oktabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Norvegiyada bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Jahon chempionatida 110 kg vazn toifasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritib, 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan Akbar Jo‘rayev prezident sovg‘asi BYD avtomobili hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Turnirda 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Ruslan Nurudinov va murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.

Foto: MOQ

Eslatib o‘tamiz, Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha «Tokio – 2020» Olimpiadasida oltin va «Parij – 2024» olimpiadasida kumush medallari sohibi hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ruslan Nurudinov jahon rekordini yangilagani haqida xabar bergan edi.