Yangiliklar

AQSh va Xitoy yangi savdo kelishuvining asosiy shartlarini kelishib oldi

Tomonlar ASEAN sammiti doirasida kelishuvga erishdi
AQSh va Xitoy yangi savdo kelishuvining asosiy shartlarini kelishib oldi
Foto: The Guardian

AQSh va Xitoy delegatsiyalari Malayziyada bo‘lgan ASEAN sammitida savdo kelishuvi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. AQSh moliya vaziri Skot Bessentning aytishicha, bitim Xitoy importiga 100 foizlik boj joriy etilishi xavfini bartaraf etadi va TikTok’ning AQShdagi faoliyati bo‘yicha yakuniy yechimni o‘z ichiga oladi.

Kelishuv bir necha oy davom etgan savdo keskinligidan so‘ng yuzaga keldi bu jarayon Trampning aprel oyida bojlar kiritish haqidagi bayonoti bilan boshlangan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp Malayziyaga ASEAN sammitida ishtirok etib va keyinchalik Janubiy Koreyada Si Szinpin bilan uchrashish uchun boradi.

«Biz Xitoy bilan bitim tuzamiz deb o‘ylayman», – dedi Tramp muzokaralardan so‘ng.

AQSh moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy eksport nazoratiga hamda qiruvchi samolyotlar, smartfonlar va elektromobillar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ehtiyot qismlarni bir yilga kechiktirishga rozi bo‘lgan. Xitoy bosh muzokarachisi Li Chengan ikki tomon dastlabki konsensusga erishganini va endi ichki muvofiqlashtirish jarayonlari boshlanishini ma’lum qildi.

Bessent Xitoy AQShdan yirik hajmdagi soya dukkaklarini qayta sotib olishni boshlashini kutayotganini bildirdi. Xitoy AQShning soya eksportining qariyb yarmiga teng $24 mlrd hajmdagi mahsulotni xarid qiluvchi eng yirik xaridor hisoblanadi.

Bitim global savdo urushi xavfini kamaytirishi, xususan, Yevropa va Buyuk Britaniya avtomobil sanoatiga bo‘lgan bosimni yumshatishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp va Si Szinpin 30-oktabr kuni Janubiy Koreyada uchrashishi haqida xabar bergan edi.