Banklar va moliya

Fond bozori: «O‘zbektelekom» aksiyalari 44 foizga oshdi

17-oktabrdan 24-oktabrgacha bo‘lgan davrda
Aksiyalar
Fond bozori: «O‘zbektelekom» aksiyalari 44 foizga oshdi. Foto: MTrading

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 17-oktabrdan 24-oktabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,5 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 44,12 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qashqadaryo texnologik transport» (+20,45%) va «Garant bank» (+19,04%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Dori-Darmon» aksiyalari 7,56 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Aloqabank» (-6,62%) va «Ipoteka bank» (-5,17%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Ipak yo‘li» aksiyalarida narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda yuqori likvidli aksiyalardan 16 tasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz va 12 tasi salbiy natija bilan yakunladi.

O‘tgan haftada «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da UCI fond indeksi UCI fond indeksi 1,9 foizga pasaygani haqida xabar berilgandi.

Ushbu davr mobaynida «Uzbekinvest» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 11,97 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zsanoatqurilishbank» (+6,90%) va «O‘zRTXB» (+6,78%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.