Germaniya kompaniyasi O‘zbekistonda konteyner tashuvlarini rivojlantiradi

eʼlon qilindi
Andijonda zamonaviy logistika markazini barpo etiladi
Germaniya kompaniyasi O‘zbekistonda konteyner tashuvlarini rivojlantiradi / Foto: Rhenus

Bryusselda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Rhenus Group kompaniyasi bosh ijrochi direktori Tobias Bartz bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda Vazirlik matuot xizmati ma’lum qildi.

Tomonlar transport-logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, UzContargo Andijon qo‘shma korxonasi tomonidan Andijonda zamonaviy logistika markazini barpo etish jarayonini jadallashtirish hamda konteyner yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Toshkent shahrini rivojlantirish, sanoat va transport infratuzilmasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgan edi.

Shuningdek