Hindiston va Xitoy o‘rtasida besh yildan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar tiklandi

Hindiston va Xitoy o‘rtasida besh yillik tanaffusdan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklandi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yakshanba kuni kechqurun «IndiGo» aviakompaniyasining Kolkata – Guanchjou yo‘nalishidagi 6E 1703 reysi amalga oshirildi.
Parvozlar 2020-yil boshida COVID-19 pandemiyasi boshlanganida to‘xtatilgan edi. Keyinchalik ikki davlat chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv sababli qatnovlar uzoq davom etmagan.
Endilikda ikki davlat o‘rtasidagi iliqlashayotgan munosabatlar natijasida parvozlar bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Xitoyning Hindistondagi elchixonasi vakili Yu Jing bu yangilikni «Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar endi haqiqat» deb e’lon qildi.
9-noyabrda «China Eastern Airlines» Shanxay – Dehli reysini qayta ochadi, 10-noyabrda esa «IndiGo» Dehli – Guanchjou yo‘nalishini ishga tushiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Xitoy yangi savdo kelishuvining asosiy shartlarini kelishib olgan edi.