Yangiliklar

Hindiston va Xitoy o‘rtasida besh yildan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar tiklandi

Parvozlar 2020-yil boshida to‘xtatilgan edi
Hindiston va Xitoy o‘rtasida besh yildan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar tiklandi / Foto: Getty Images

Hindiston va Xitoy o‘rtasida besh yillik tanaffusdan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklandi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yakshanba kuni kechqurun «IndiGo» aviakompaniyasining Kolkata – Guanchjou yo‘nalishidagi 6E 1703 reysi amalga oshirildi.

Parvozlar 2020-yil boshida COVID-19 pandemiyasi boshlanganida to‘xtatilgan edi. Keyinchalik ikki davlat chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv sababli qatnovlar uzoq davom etmagan.

Endilikda ikki davlat o‘rtasidagi iliqlashayotgan munosabatlar natijasida parvozlar bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Xitoyning Hindistondagi elchixonasi vakili Yu Jing bu yangilikni «Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar endi haqiqat» deb e’lon qildi.

9-noyabrda «China Eastern Airlines» Shanxay – Dehli reysini qayta ochadi, 10-noyabrda esa «IndiGo» Dehli – Guanchjou yo‘nalishini ishga tushiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Xitoy yangi savdo kelishuvining asosiy shartlarini kelishib olgan edi.