iPhone 17 Pro smartfonida topilgan kulgili kamchilik

27-oktabr 2025 15:08 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
iPhone 17 Pro smartfonida topilgan kulguli kamchilik / Foto: Iphones

Mutaxassislar bu safar iPhone 17 Pro smartfonida kulgili kamchilik topishdi. Bu haqda Iphones vlogi muallifi Artyom Bausov ma’lum qildi.

U iPhone 17 Pro’ni sotuvga chiqqanidan beri bir oy davomida sinovdan o‘tkazdi. U smartfonning dizayni, ishlashi va kamerasi haqida ijobiy fikr bildirib, faqat bitta noqulaylikni qayd etdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 17 Pro zo‘r va o‘yinchoqday jozibali. Yangi Cosmic Orange rangi oldingi modellardan yorqinroq, quvnoqroq va ko‘zga yoqimli. Hatto ekran atrofidagi to‘q sariq ramkalar ham foydalanishga xalal bermaydi.

Apple bu safar korpus uchun alyuminiy tanlagan. Bu esa sovitish tizimini yaxshilashga xizmat qilgan. Endi issiqlik faqat bitta nuqtada to‘planmaydi, balki butun korpus bo‘ylab teng tarqaladi. Batareya esa iPhone 16 Pro darajasida – kunlik foydalanish uchun yetarli.

4x zumli yangi kamera avvalgidek 5x emas, ammo foydalanish qulayroq va barqarorroq tasvir beradi.

Ammo yagona kamchilik – iPhone 17 Pro’ni artish noqulay. Bausovning aytishicha, korpusdagi yangi «platо» qismi va silliq qirralar sabab, chang yoki mayda zarrachalar tirqishga kirsa, uni oddiy barmoq bilan artib bo‘lmaydi.

Mutaxassis kulib aytganidek:

«Bu Apple’ning eng jiddiy muammosi – uni artish biroz noqulay».

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 17 seriyasi Xitoyda bir oy ichida 5,3 million dona sotilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek