Gadjetlar

Oppo Find X9 va X9 Pro Yevropada taqdim etildi — narx

Kutilganidan ancha qimmat narxda
Oppo Find X9 va X9 Pro Yevropada taqdim etildi — narx / Foto: Oppo

Oppo kompaniyasining yangi flagman smartfonlari – Find X9 va Find X9 Pro’ning Yevropa bozoridagi narxlari oshkor etildi. Ytechb xabariga ko‘ra, qurilmalar 12/512 GB konfiguratsiyada sotuvga chiqadi.

Unga ko‘ra, Oppo Find X9 narxi 1000 yevro, Find X9 Pro esa 1300 yevro qilib belgilangan.

Taqqoslash uchun, Xitoyda ushbu modellarning narxi $700 va $800 atrofida bo‘lib, farq ancha sezilarli. Texnik jihatdan esa global versiyalar xitoycha variantlardan farq qilmaydi.

Har ikki smartfon MediaTek Dimensity 9500 chipi bilan jihozlangan, Hasselblad kamerasi bilan ta’minlangan. Find X9 Pro’da 200 MP asosiy kamera mavjud, Find X9’da esa 50 MP’lik uchta datchik ishlatilgan. Qurilmalar IP69 himoyasiga ega bo‘lib, 80 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator sig‘imi mos ravishda 7500 va 7025 mA/soatni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Reno 15 Pro Max yangi smartfoni tafsilotlari oshkor qilingan edi.