O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni bir yilda 50 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p sayyoh Qirg‘izistondan kelgan
Foto: Unsplash

Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar–sentabr oylarida mamlakatga 8,6 mln nafar turist tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,8 mln kishiga yoki 49,3 foizga ko‘p.

Eng ko‘p sayyoh Qirg‘izistondan kelgan. Ularning soni 2,4 mln kishiga yetdi. Keyingi o‘rinda Qozog‘iston (2 mln) va Tojikiston (1,9 mln) fuqarolari qayd etilgan. Shuningdek, Rossiyadan 757 ming, Afg‘onistondan 343 ming, Turkmanistondan esa 275 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, Xitoy (176 ming), Turkiya (129 ming), Hindiston (55 ming) va Janubiy Koreyadan (35 ming) ham turistlar oqimi sezilarli darajada bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiva 2026-yil uchun eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek