Yangiliklar

Qanot Sharq birinchi Airbus A321XLR samolyotini qabul qiladi

Yangi samolyot 2025-yil oxirigacha parvozlarni boshlaydi
Qanot Sharq birinchi Airbus A321XLR samolyotini qabul qiladi / Foto: Parkdolly / Shutterstock

O‘zbekistonning xususiy aviakompaniyasi Qanot Sharq Germaniyada ishlab chiqilgan birinchi Airbus A321XLR samolyotini yaqin kunlarda qabul qiladi. Bu haqda Aerotime ma’lum qildi.

Ushbu samolyot kompaniya uchun ijaraga olingan uchta A321XLR’ning birinchisi bo‘lib, Markaziy Osiyoda xizmatga kiradigan ilk A321XLR bo‘ladi.

Yangi samolyot Qanot Sharqning ko‘k va oq rangdagi milliy dizaynida bo‘yoqlangan va 2025-yil oxirigacha parvozlarni boshlashi kutilmoqda.

2021-yilda tashkil etilgan Qanot Sharq hozirda faqat Airbus samolyotlaridan foydalanadi. Kompaniya o‘z parvoz tarmog‘ini Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo va AQSH yo‘nalishlariga kengaytirish niyatida. Shu maqsadda aviakompaniya Toshkent – Budapesht – Nyu-York yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlar yo‘lga qo‘yish uchun ruxsat so‘ragan.

Agar loyiha tasdiqlansa, bu Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri havo yo‘nalishi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlardagi parvoz qoidalariga o‘zgartirish kiritgan edi.