Yangiliklar

Rossiyada o‘tkazilgan imtihonda migrantlarning 35 foizdan ortig‘i o‘ta olmadi

Jami 275 mingdan ortiq chet ellik fuqarolar imtihon topshirgan
Foto: Ria Novosti

Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon topshirgan migrantlarning 35 foizdan ortig‘i birinchi urinishda muvaffaqiyat qozona olmadi. Bu haqda «RIA Novosti» nashri malum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2025-yilning uchinchi choragida jami 275 mingdan ortiq chet ellik fuqarolar imtihon topshirgan, ulardan faqat 86,9 foizi testlarni muvaffaqiyatli yakunlagan. Qolgan qariyb 35,1 foiz ishtirokchi rus tilidan birinchi urinishda o‘ta olmagan.

Imtihon topshirish imkoniyati Rossiyaning barcha mintaqalarida va xorijdagi ayrim davlatlarda – Toshkent va Dushanbe shaharlaridagi maxsus markazlarda ham tashkil etilgan. Hozirda 203 ta punkt faoliyat yuritmoqda, shundan 88 tasi Rossiya universitetlari huzurida joylashgan.

Imtihon uch darajada o‘tkaziladi:

  • ishlash uchun ruxsat (patent) olish;
  • vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP);
  • doimiy yashash huquqi (VNJ).

Birinchi bosqich faqat rus tili testidan, keyingi ikki bosqich esa Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha bilimlarni ham qamrab oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilangani haqida xabar bergan edi.