Tramp Mirziyoyevga maxsus kepka sovg‘a qildi

eʼlon qilindi
AQSh delegatsiyasi sovg‘ani o‘z egasiga yetkazdi
Tramp Mirziyoyevga maxsus kepka sovg‘a qildi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau ham ishtirok etdi.

Foto: President.uz

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, sanoat, energetika, raqamlashtirish, moliya va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Serjio Gor Prezident Mirziyoyevga AQSh prezidenti Donald Trampning salomini yetkazdi. Tomonlar siyosiy muloqotning faollashgani, savdo aloqalarining kengaygani va «Yo‘l xaritasi» doirasidagi loyihalar izchil amalga oshirilayotganini qayd etdilar.

Foto: President.uz

Shuningdek, xavfsizlik, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishdagi hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuvda kelasi hafta Vashingtonda o‘tkaziladigan «C5+1» formatidagi sammitga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibotlarini soddalashtirish masalasini muhokama qilgan edi.

Shuningdek