Uzum 400 milliard so‘mlik ikkinchi obligatsiyalar chiqaradi

eʼlon qilindi
«Toshkent» Respublika fond birjasida joylashtiriladi
Uzum 400 milliard so‘mlik ikkinchi obligatsiyalar chiqaradi / Foto: Uzum

Uzum milliy raqamli ekotizimi 400 mlrd so‘mlik ikkinchi obligatsiyalar chiqarilishini tayyorlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.

Bu miqdor kompaniyaning birinchi muvaffaqiyatli joylashtiruviga nisbatan ancha katta bo‘lib, qarz kapitali bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Yangi obligatsiyalar 24 foiz kupon stavkasi bilan 2 yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, har biri 100 mln so‘m nominal qiymatga ega. Ular «Toshkent» Respublika fond birjasida joylashtiriladi.

Uzum moliyaviy direktori Nikita Gulyayevning ta’kidlashicha, ikkinchi chiqarilish investorlar ishonchining oshganidan dalolat beradi. Kompaniya obligatsiyalarini daromadlilik va risk darajasi nisbati bo‘yicha bozordagi eng muvozanatli vositalardan biri sifatida baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Uzum ekotizimi O‘zbekiston bozorida fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlashtirgan yirik raqamli platforma bo‘lib, uning xizmatlaridan har oy 20 mlndan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzum UzPost uchun sarmoya kiritishga tayyorligini bildirgan edi.

Shuningdek