Gadjetlar

Xiaomi 17 seriyasi ikki haftada 2 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan ishga tushirildi

xiaomi
Foto: Xiaomi

Xiaomi 17 ikki haftada 2 mlndan ortiq foydalanuvchilar tomonidan ishga tushirildi. Bu haqda Xiaomitime xabar bermoqda.

Savdoning ikkinchi haftasida Xiaomi 17 Pro Max modeli 438 ming dona, Xiaomi 17 Pro esa 444 ming dona foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilgan. Oddiy Xiaomi 17 esa 194 ming dona bilan biroz ortda qolgan.

Umumiy hisobda ikkinchi haftada 1,076 mln dona telefon ishga tushirilgan, ikki hafta natijasida esa bu ko‘rsatkich 2 mlndan oshgan. Bu Xiaomi uchun so‘nggi yillarda eng tez sotilgan model bo‘lib turibdi.

Shunga qaramay iPhone 17 bozorda yetakchiligini saqlab turibdi. Apple telefonlari foydalanuvchilari soni 5,3 mln.dan oshgan. Faqat iPhone 17 biroz avvalroq savdoga chiqqanini ham unutmaslik kerak.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K90 Pro smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.