Yangi Toshkentda yerosti bog‘lamalari barpo etiladi — video

eʼlon qilindi
Loyihada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida to‘xtash joylari va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham xalqaro standartlarga muvofiq tarzda jihozlanadi
Yangi Toshkent
Yangi Toshkentda yerosti bog‘lamalari barpo etiladi. Foto: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi

Yangi Toshkent loyihasi doirasida shaharning markaziy qismlarida ko‘p funksiyali yerosti bog‘lamalari qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Ushbu majmualarda kundalik hayot uchun zarur sharoitlar yaratiladi – avtomobillar uchun avto to‘xtash joylari, moyka va quvvatlash stansiyalari, velosiped turargohlari hamda ota-onalar uchun bola parvarishi xonalari tashkil etiladi.

Shuningdek, loyihada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida to‘xtash joylari va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham xalqaro standartlarga muvofiq tarzda jihozlanadi. Natijada Yangi Toshkent nafaqat o‘zining me’moriy yechimlari, balki qulay, xavfsiz va inklyuziv shaharsozlik yondashuvi bilan ham ajralib turadi.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro liniyasi tortilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi. Yangi aeroport Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari hududida, 1,3 ming gektar maydonda quriladi. Loyihani Niderlandiyaning Naco Consulting kompaniyasi ishlab chiqmoqda.

Shuningdek