
Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor X6b Plus smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Qurilma 6,56 dyuymli IPS ekran, 1612×720 piksel o‘lcham va 90 Hz yangilanish chastotasiga ega.
Smartfon MagicOS 8.0 tizimida (Android 14 asosida) ishlaydi. Unda 8 GB tezkor va 256 GB ichki xotira mavjud. Qurilma MediaTek Helio G85 protsessori bilan jihozlangan.

Kameralar tizimi quyidagicha: old kamera — 5 MP, asosiy modul esa 50 MP + 2 MP datchiklardan iborat. Batareya sig‘imi 5100 mA/soatni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor Magic 8 Ultra haqida dastlabki ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.