Amazon 30 mingta korporativ ish o‘rnini qisqartiradi

Amazon kompaniyasi 30 mingtagacha ofis xodimlarini qisqartirishni boshlaydi. Bu pandemiya davridagi ortiqcha yollash va hozirgi xarajatlarni kamaytirish zarurati bilan izohlanmoqda. deya xabar beradi Reuters.
Qisqartirish kompaniyaning jami 1,55 mln ishchisining kichik qismini, biroq 350 ming korporativ xodimining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Bu 2022-yildan buyon Amazon’dagi eng yirik qisqartirish hisoblanadi.
Bo‘limlar qatorida inson resurslari (PXT), qurilmalar va xizmatlar, shuningdek Amazon Web Services (AWS) mavjud. Manbalarga ko‘ra, ayrim bo‘limlarda 15 foizgacha qisqartirish amalga oshirilishi mumkin.
Amazon rahbari Endi Jassi byurokratiyani kamaytirish va sun’iy intellekt yordamida samaradorlikni oshirishni maqsad qilgan. Unga ko‘ra, AI texnologiyalari takroriy vazifalarni avtomatlashtirish orqali xodimlar sonini qisqartirish imkonini bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon asoschisi yaqin 10–20 yil ichida kosmosda gigavatt quvvatga ega ma’lumot markazlari qurilishi mumkinligini aytgan edi.