Avatr 12 Four-LiDAR Edition avtomobili taqdim etildi — narxlar

28-oktabr 2025 17:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Avatr
Avatr 12 Four-LiDAR Edition avtomobili / Foto: Avatr

Avatr brendi tomonidan yangi Avatr 12 Four-LiDAR Edition avtomobili rasman taqdim etildi. Model CATL, Huawei va Changan kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan.

Yangi Avatr 12 oltita variantda taqdim etilgan. Narxlar 269 900 yuandan 429 900 yuangacha (taxminan $37,8 mingdan $60,2 minggacha) oraliqda. Avtomobil Huawei’ning ADS 4 aqlli haydash tizimi bilan jihozlangan.

Foto: Avatr

Dizayn «Future Elegance» falsafasiga asoslangan bo‘lib, old panelda uchta uzoq masofali LiDAR sensori va orqada bitta yuqori aniqlikdagi qattiq holatli LiDAR joylashgan. Bu tizim Huawei ADS 4 bilan birgalikda avtomobilga ilg‘or haydash imkoniyatlarini beradi.

Eksteryerda radiator panjarasisiz silliq old dizayn, LED kunduzgi chiroqlar va «Halo» deb nomlangan yarim oy shaklidagi old ekran ishlatilgan.

Foto: Avatr

Texnik jihatdan, gibrid (range-extender) versiyasi 231 kVt (310 hp) quvvatga ega. Sof elektr rejimida 245 km, umumiy yurish masofasi esa 1 155 km. To‘liq elektr (BEV) versiyalar esa 755 km (orqa g‘ildirakli) va 705 km (to‘liq g‘ildirakli) masofani bosib o‘tadi. Eng kuchli versiya — 402 kVt (539 hp) quvvatga ega AWD varianti.

Salon 35,4 dyuymli 4K panoramali ekran, 15,6 dyuymli markaziy displey va yangi HarmonySpace 5 tizimi bilan jihozlangan. Ichki bezakda tosh-jigarrang (rock brown) rangli interyer ishlatilgan.

Foto: Avatr

Narx:

VersiyaNarxi (yuan)Narxi (USD)
Max Range-Extender269,900$37,800
Ultra Range-Extender289,900$40,600
Max BEV289,900$40,600
Ultra BEV AWD319,900$44,800
Master BEV AWD369,900$51,800
Royal Theater Edition429,900$60,200

Eslatib o‘tamiz. Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr 7X elektromobili 6 yillik kafolat bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek