Baxtiyor Saidov Serbiyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi

eʼlon qilindi
Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Momchilo Babich
Baxtiyor Saidov Serbiyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi
Baxtiyor Saidov Serbiyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi. Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Momchilo Babichdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

«Ikki davlat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga o‘zaro tayyorligimizni bildirdik», – deya qayd etgan Baxtiyor Saidov.

Vazir yangi elchiga mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Avvalroq O‘zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Ayubxon Yunusov mamlakat prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirgani xabar qilingandi. Tantanali marosimdan so‘ng Iroq prezidenti O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan avvalgi uchrashuvlarini iliq so‘zlar bilan esladi va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.

Shuningdek