BMW yangi M3 Touring modelini taqdim etdi

28-oktabr 2025 13:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: BMW

BMW Group kompaniyasi yangi BMW M3 Touring Edition modelini rasman taqdim etdi. Avtomobilning Xitoydagi premyerasi 1-noyabr kuni BMW M Carnival tadbirida bo‘lib o‘tadi.

Yangi M3 Touring o‘rta o‘lchamli universal kuzovda ishlab chiqilgan. U avvalgi M3 modelidan kattaroq yukxona hajmi va kuchliroq texnik ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Mashinaga 3,0 litrli, qatorli, ikki turbinali 6 silindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u 0 dan 100 km/soatgacha 3,6 soniyada tezlashadi.

Foto: ITHome

Avtomobil sport uslubidagi yangi ko‘p funksiyali M rul, qora rangli havo deflektorlari va 12,3 hamda 14,9 dyuymli displeylar bilan jihozlangan. Boshqaruv tizimi sifatida iDrive 8.5 versiyasi o‘rnatilgan.

Standart versiya orqa g‘ildirakdan tortuvchi bo‘lib, 353 kVt quvvat va 480 Nm momentga ega. M3 Thunder Edition 375 kVt quvvat beradi, to‘liq g‘ildirakli MxDrive versiyasi esa 390 kVt (530 ot kuchi) quvvat ishlab chiqaradi. Bu avvalgi modeldan 20 ot kuchiga ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BMW 330 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek