BYD Denza N8L — hashamatli gibrid krossover taqdim etildi

28-oktabr 2025 20:39 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
BYD Denza N8L — hashamatli gibrid krossover taqdim etildi / Foto: Autohome

BYD kompaniyasining premium brendi Denza yangi yirik krossover Denza N8L ni taqdim etdi. Bu haqda Autohome nashri ma’lum qildi.

Avtomobil uzunligi 5200 mm, g‘ildirak bazasi 3075 mm. Salonida olti o‘rindiq, muzlatkich, massajli o‘rindiqlar, multimedia ekranlari va beshta displey mavjud. Ular orasida 50 dyuymli proektsiya, 17,3 dyuymli markaziy ekran va 13,2 dyuymli old yo‘lovchi displeyi bor.

Foto: Autohome

Lidar texnologiyasi avtomatik haydashni va avtoparkovkani ta’minlaydi. Model narxi 299 800 – 329 800 yuan (taxminan $42 ming – $46,5 ming) etib belgilangan.

Gibrid tizimi 2,0 litrli 207 ot kuchiga ega dvigatel hamda uchta elektromotordan iborat. Umumiy quvvati 762 ot kuchi, 100 km/soat tezlikka 3,9 soniyada chiqadi. Batareya sig‘imi 46,99 kVt·soat, elektrda 230 km, umumiy yurish masofasi 1300 km.

Foto: Autohome

Denza N8L pnevmatik osma, to‘qqizta xavfsizlik yostiqchasi, uch zonali iqlim nazorati, isitish va ventilyatsiyaga ega o‘rindiqlar, Devialet audio tizimi, salon aromatizatsiyasi hamda 128 rangli ichki yoritish bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Song L DM-i 2026 gibrid avtomobili taqdim etilgan edi.

Shuningdek